Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Ohangaron tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari XIII sessiyasi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. 

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Tumanni 2019 yil iyun oyidan beri boshqarib kelayotgan abduvohid Turdiboyev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Uning o‘rnina Abdullayev Abdurasul Ne’matovich Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Abdurasul Abdullayev 1968 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida bank tizimida bir qator lavozimlarda ishlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari - "O‘zbekchorvanasl" agentligi bosh direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Ohangaron

Baholaganlar

210

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing