Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahri hokimi lavozimiga Muzaffar Erkaboyevich Rajabboyev tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun, 26 fevral kuni Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Ohangaron shahar hokimi lavozimiga Muzaffar Rajabboyev nomzodini tavsiya qilgan.

Rajabboyev Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining qarori bilan Ohangaron shahar hokimi etib tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Muzaffar Rajabboyev 1984 yilda Parkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007 yil Toshkent irrigatsiya va mellioratsiya instituti, 2014 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, 2019 yilda Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan. 

U mehnat faoliyatini Qibray tumani IIB Yong‘in xavfsizligi xizmatida boshlagan. Shuningdek, Yuqori Chirchiq, Parkent tumani hokimliklarida mas’ul vazifalarda ishlagan. Rajabboyev tayinlovga qadar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Ko‘kdala tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Shokirov Dehqonobod tumaniga, Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Sardor Polvonov Xiva tumaniga hokim etib tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ohangaron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing