Ohangaron prokurori Qibrayga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Muzaffar Abrorovich Rashidov Toshkent viloyatining Qibray tumaniga hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 17 avgust kuni Adliya maslahatchisi Muzaffar Rashidov Xalq deputatlari Qibray tumani kengashining qarori bilan mazkur tumanga hokim etib tayinlangan.

Rashidov 1987 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti - oliy. 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar, Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Odiljon Qosimovich Atoullayev Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlangan edi.Tayinlovga qadar u Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari bo‘lib ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qibray Muzaffar Rashidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing