2,1 mln AQSH dollarining O‘zbekistondan olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi

Jamiyat

image

DXX xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar yordamida 2,1 mln AQSH dollarining O‘zbekistondan olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan xorijiy valyutalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish, aylanma yo‘llar orqali mamlakat hududiga kirib kelishi va olib chiqib ketilishining oldini olish borasida qat’iy choralar ko‘rilyapti. 

Xususan, DXX Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xo‘jaobod tumani “Munduz” MFY hududida “Andijon-Qorasuv” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Rahmatillo Ahmedov boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomobil to‘xtatildi. 

Mazkur mashina ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasiga yashirib qo‘yilgan 1 dona 30 litr hajmli yelim idishda va 2 dona sellofan paketda joylangan jami 2.116.501 (ikki million bir yuz o‘n olti ming besh yuz bir) AQSH dollari miqdoridagi xorijiy valyuta borligi aniqlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahridan berib yuborilgan ushbu pullarni Qorasuv shahrida yashovchi Rahmatillo Ahmedov Shahrixon tumanida kutib olgan. Mazkur katta miqdordagi xorijiy valyuta bojxona nazoratini chetlab o‘tib, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga chiqarilishi kerak bo‘lgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan, DXX Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu ishga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing