Nursulton Ro‘ziboyev o‘zi haqida “feyk” xabarlar tarqalayotganini ma’lum qildi
Sport
−
24 iyul 2023 14178 1 daqiqa
Nursulton Ro‘ziboyev Toshkentda o‘tkaziladigan boks oqshomida jang qilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, sportchi haqida e’lon qilinayotgan barcha xabarlar yolg‘on va ular Ro‘ziboyevning ishtirokisiz tarqatilmoqda. U UFC tashkilotining rasmiy a’zosi sifatida promoushenning ruxsatisiz hech qanday professional janglarda ishtirok eta olmaydi.
“Jang yuz foiz bo‘lmaydi, tarqalayotgan hamma xabarlar yolg‘on. Men hali UFC bilan ham, menejerlarim bilan ham gaplashganim yo‘q. Bular mening roziligimsiz posterlarni e’lon qilib yubordi. AQSHdagi vakillarim bunga keskin norozilik bildirmoqda“, deydi Ro‘ziboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ro‘ziboyev 30 iyul kuni Toshkent shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga chiqish taklifini olgani haqida xabar berilgan edi. O‘sha kuni unga gruziyalik bokschi Mixail Kutsishvili raqiblik qilishi aytilgandi. Biroq keyinchalik ayrim norasmiy manbalar uning raqibi o‘zgargani, endilikda Nursultonga rossiyalik bokschi Sergey Goroxov (13-6-2) raqib sifatida ko‘rsatilayotganini ma’lum qila boshladi.
Live
Barchasi