Nursulton Nazarboyev may oyida yana bir nufuzli lavozimga tayinlanadi
Olam
−
19 aprel 2019
9103Qozog‘istonning sobiq Prezidenti “Elboshi” Nursulton Nazarboyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) faxriy raisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sputnik Kazakhstan nashri xabar tarqatdi.
Xabar qilinishicha, joriy yilning 29 mayida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) besh yilligiga bag‘ishlangan sammitda Nursulton Nazarboyev katta ehtimol bilan ushbu lavozimga tayinlanadi.
Ma’lumot uchun, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida may oyning so‘ngida o‘tkaziladi. Sammitda tashkilotga a’zo mamlakatlar - Qozog‘iston, Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston kabi davlatlarning prezidentlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Xabaringiz bor, Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev joriy yilning 19 martida prezidntlik lavozimidan iste’foga chiqqan edi.
LiveBarchasi