Nurmuhammedovning soliqlardan qarzdorligi rad etildi

Sport

image

Sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedovning jamoasi sportchining Federal soliq xizmati oldidagi qarzlari haqidagi ma’lumotlarga javob qaytardi.

“Soliq qarzi haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri. Habib biznes loyihalari bilan shug‘ullanishda va ularni rivojlantirishda davom etmoqda”, deydi Nurmuhammedov jamoasi vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmuhammedov Federal soliq xizmatidan 306 million rubl qarzdorligi xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Nurmuhammedov MMA'da 29 ta g‘alabaga erishgan va biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan. U 2018 yildan 2020 yilgacha yengil vazn toifasida UFC chempionligini qo‘lga kiritgan va shu vaqt ichida uch marta kamarni himoya qilgan. U Rafael dus Anjus, Maykl Jonson, Dastin Pore, Konor Makgregor va boshqa jangchilar ustidan g‘alaba qozongan. Nurmuhammedov professional faoliyatini UFC 254 da yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Dastin Por'e Habib Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing