Nurmuhammedov operatsiya qilindi 

Sport

image

Rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmuhammedov operatsiya qilindi. Bu haqda uning akasi Habib Nurmuhammedov Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Umar yelkasidan olgan jiddiy jarohati tufayli shoshilinch tarzda jarrohlik stoliga yotqizilgan. Habibga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

“Kichkina, oz qoldi. Teskari sanoq boshlandi. Alloh mushkulingni oson qilsin”, deydi Habib ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Shuningdek, tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazayotgan sportchi uning so‘zlariga javob qaytardi.

“Barchasi ortda qoldi, endi tiklanish kerak”, deb yozib qoldirgan Umar Nurmuhammedov. 

Ma’lumot uchun, Umar MMA'dagi faoliyati davomida 16 ta professional jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, UFC'ning eng yengil vazn toifasidagi 11-raqamli  jangchisi Umar Nurmuhammedov joriy yilning 5 avgust kuni amerikalik Kori Sendxagenga qarshi da’vogarlik maqomidagi jangda ishtirok etishi kerak edi, biroq u yelkasidagi jarohat sabab safdan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhammedov Umar Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing