Nurxon Qurbonova Para Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi

Sport

image

O‘zbekistonlik para yengil atletikachi Nurxon Qurbonova Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI yozgi Osiyo o‘yinlarida musobaqa rekordini yangiladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi. 

Uning ma’lum qilishicha, bugun, 26 oktyabr kuni Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston vakili Nurxon Qurbonova 18.95 metr natija bilan Para Osiyo o‘yinlari rekordini yangilagan va oltin medalga sazovor bo‘lgan.

Shuningdek, para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -67 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Qudratoy Toshpo‘latova 116 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan. 

Delegatsiyaga kunning navbatdagi medalini para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida T11 klassida 200 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan Asila Mirzayorova keltirgan. U T11 klassida kechgan bahsda marraga uchinchi bo‘lib yetib kelgan holda bronza medaliga ega chiqqan.

Ma’lumot uchun, hozirda delegatsiya hisobida jami 62 ta medal (20 ta oltin, 19 ta kumush, 23 ta bronza) bor. O‘zbekiston bu orqali medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingning 4-pog‘onasini egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Nurxon Qurbonova Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing