“Nurafshon city”ni kimlar qurishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Singapurning “Universal Success Enterprises Limited” kompaniyasi Toshkent viloyatida “Nurafshon city”ni quradi. Bu borada Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov va Singapur kompaniyasi raisi Prasun Mukerji qurilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bosh kelishuvni onlayn tarzda imzolagan. Bu haqda “Dunyo” AA ma’lum qildi.

Hujjat Singapur kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda 2021 yil birinchi choragining oxiriga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, keyinchalik tasdiqlash va zamonaviy Nurafshon shahri qurilishining boshlanishini nazarda tutadi. Loyihaning umumiy maydoni taxminan 2 ming 833 gektarni tashkil etadi va u uch bosqichda amalga oshiriladi.

Loyihani “Universal Success Enterprises Limited” yoki ushbu kompaniya tomonidan tashkil etilgan xorijiy kompaniyalar konsorsiumi tomonidan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yoki xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari asosida amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Investitsiyalarning umumiy hajmi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurafshon shahrini mamlakatdagi birinchi “aqlli” shaharga aylantirish rejalashtirilayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nurafshon

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing