Nurafshon hokimi ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Nurafshon shahrining hokimi Ilhom Qilichxonov faoliyatini yangi vazifada davom ettirishi munosabati bilan ishdan olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu munosabat bilan bugun, 8 iyun kuni viloyat hokimligida Zoyir Mirzayev va faollar Ilhom Qilichxonovning shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lidagi mehnatini e’tirof etib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilagan.

Shuningdek, bugun viloyatda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ilhom Qilichxonov Toshkent viloyatining Nurafshon shahri hokimi etib 2023 yilda tayinlangan edi. Tayinlovga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Nurafshon Ilhom Qilichxonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing