Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
29 aprel 2023 6626 1 daqiqa
Ilhom Mahmudjonovich Qilichxonov Toshkent viloyatining Nurafshon shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tayinlovga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Nurafshon shahrining avvalgi hokimi Muzaffar Soliyev joriy yilning 10 aprel kuni lavozimidan ozod etilgan edi.
Live
Barchasi