Nur-Sultonga qor bo‘roni yopirildi (foto)

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 23 mart kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonni qor bo‘roni qopladi. Kuchli shamollar va tinmay qor yog‘ishi tufayli poytaxtda ko‘rish imkoniyati tushib ketgan. Bu haqda “Tengrinews” nashri yozmoqda.

Sinoptiklarning xabar berishicha, poytaxtda shamol tezligi 20 metr tezlik bilan esmoqda. “Kazhydromet” shahar aholisini qattiq sovuq tushushidan ogohlantirgan.

23 martning tong saharidan ob-havo sharoiti yomonlashishi sabab Respublika ahamiyatidagi yo‘l uchastkalarida transportning barcha turlari uchun harakat to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatini juda kuchli qum bo‘roni qamrab olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nur-Sulton

Baholaganlar

511

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing