Nukusdagi namoyishlar bo‘yicha IIV mulozimi ham ayblanmoqda

3-sahifa

image

Joriy yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan norozilik namoyishlar bo‘yicha ayblanuvchilar qatori Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Polat Shamshetov ham bor. U Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish bilan ayblanmoqda. 

Mazkur modda sanksiyasiga ko‘ra, ayblanuvchi o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati sudida 1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud ishi boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston voqealari

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing