Nukusdagi harbiy dala-o‘quv maydonida portlash bo‘ldi
3-sahifa
−
11 Sentabr 2025 11280 1 daqiqa
Kecha, 10 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Nukus harbiy dala-o‘quv maydonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Milliy gvardiyaga ma’lum qildi, deya yozmoqda O‘zA.
Milliy gvardiyaning ma’lumot berishicha, Nukus dala-o‘quv maydonida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkillashtirilgan. Uning davomida o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi oqibatida kichik portlash yuzaga kelib, 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohati olgan. Ularga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda ko‘rilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘i tiklanmoqda.
Holat yuzasidan esa xizmat surishtiruvi tayinlangan, hozirda mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi