Nukusda portlagan uy vayronalaridan 5 kishining jasadi topildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, 29 yanvar kuni soat 16:15 larda Nukus shahri “Temir jol” mahallasidagi 4 qavatli uyning to‘rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida gaz portlagan edi. Uy vayronalari ostidan 5 kishining jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Xabar qilinishicha, olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 30 yanvar kuni soat 02:30 larda turli darajadagi jarohatlar bilan vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloq chiqarib olinib, shifoxonaga yuborilgan. 

Shuningdek, oradan 30 daqiqa o‘tib, bino vayronalari orasidan bir nafar fuqaroning jasadi topilgan. Qutqaruvchilar erta tongga kelib, vayronalar ostidan yana 4 nafar fuqaroning jasadini topgan. Hozirga qadar jami halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. 

Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. 

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Nukus portlash FVV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing