Nukusda mudhish YTH: ikki kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Nexia avtomobili va traktor ishtirokida dahshatli YTH yuz berdi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

YTH bugun, 9 mart kuni soat 09:00 larda Nukus shahri, Teletsentr OFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil aylanma yo‘lida sodir bo‘lgan. Haydovchi K.X. FN 953 LOBOL rusumli traktorni boshqarayotib, chap tomonga burilayotgan vaqtida ushbu yo‘nalishda uning ortidan harakatlanib kelayotgan haydovchi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) boshqaruvidagi Nexia rusumli transport vositasida traktorning kovuchiga borib urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.  

Natijada, Nexia atomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan. Yong‘in chiqishi oqibatida Nexia avtomashinasi yonib ketgan.   

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, vafot etgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Nukus

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing