Nukusda ikki bola muz ostiga tushib ketdi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 29 dekabr kuni soat 16:45 da Nukus shahri yaqinida joylashgan “Qosko‘l” ko‘li o‘rtasida ikkita voyaga yetmagan bolaning qolib ketdi. Bu haqda guvohlar Qoraqalpog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga xabar bergach, ular qutqarildi.

Ma’lum qilinishicha, tashvishli xabarni qabul qilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari bolalarni qutqarish uchun voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘l o‘rtasida ikki nafar o‘yinqaroq do‘st muz ustida o‘ynayotgan vaqtida muz yorilib, do‘stlar suvga tushib ketgan. Sovuq suvda o‘zlarini yo‘qotmagan bolakaylar muzlagan suvdan chiqib olib, ko‘l o‘rtasidagi orolchada qolib ketishgan. Muz yorilganligi tufayli bolalarning ortga qaytish imkoni bo‘lmagan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida orolchada qolib ketgan bolalar qirg‘oqqa olib o‘tilib, voqea joyida ularga birinchi tibbiy yordam berilgan va malakaviy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Ayni vaqtda ikki do‘stning ahvoli yaxshi,  ular ota-onasi bag‘rida.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus

Baholaganlar

424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing