Nukusda 5 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
30 yanvar 2023
6277Avval xabar berganimizdek, 29 yanvar kuni Nukus shahri “Temir jol” mahallasidagi 4 qavatli uyning to‘rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida gaz portlab, uy vayronalari ostidan 5 kishining jasadi topilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ma’lum qildi.
“Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda aybdor shaxslar doirasini aniqlash, ularni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi hal etilmoqda.
LiveBarchasi