Nukus voqealari bo‘yicha komissiya parlamentga axborot berdi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yilning iyun oyida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar ortidan ochilgan jinoyat ishi doirasida sudgacha qamoqqa olingan jami 168 nafar shaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) oilasiga qaytarildi. Bu haqda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiyaning Oliy Majlisga taqdim etilgan axborotida so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarning ishtirokchilaridan 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ogohlantirilgan, 6 135 nafariga ma’muriy jarima, 2 639 nafariga ma’muriy qamoq jazosi belgilangan, 61 nafarining jinoyat sodir etgani aniqlangan.

Tartibsizliklar natijasida fuqarolar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining og‘ir tan jarohati olishi va halok bo‘lishi, shuningdek, fuqarolar va davlat idoralarining mol-mulkiga katta miqdorda — 6,8 mlrd so‘m moddiy zarar yetgan.

Ommaviy tartibsizliklar davomida 21 nafar fuqaro, shu jumladan 2 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari vafot etgan va 413 nafari jarohatlangan (shundan 183 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari).

Ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish jarayonlarida inson huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini buzishga yo‘l qo‘ygan ichki ishlar organlari xodimlarining 3 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing