Nukus shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
27 iyul 2023
5934Abatbay Daniyarov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahriga yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil noyabr oyidan shu paytga qadar Nukus shahar hokimligini Utemurat Panayev boshqarib kelayotgan edi. Uning o‘rniga kelgan Abatbay Daniyarov esa shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, Abatbay Daniyarov 1987 yilda Nukusda tug‘ilgan, 2008 yilda Nukus davlat pedagogika institutini ingliz tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2021 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
LiveBarchasi