Nozima Davletova ham Prezident Administratsiyasiga o‘tdi
Jamiyat
−
23 dekabr 2023
17427O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Davletova Nozimaxon Eldarovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Nozima Davletova 1988 yilda tug‘ilgan. Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Sukuba universitetining xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan.
U analitika sohasida ishlagan, JIDU va Toshkentdagi Webster universitetida dars bergan.
Ushbu tayinlovga qadar u Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Ahmedov Jahongir Odilxo‘jayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shu’basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi