Noyabr oyida Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2021
6552Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga tashrif amalga oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bugun, 7 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev RF Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot vaqtida kelasi oyda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi tashrif haqida ham suhbatlashgan.
“Prezidentlar kelgusi oyda bo‘lib o‘tadigan Rossiya Federatsiyasiga oliy darajadagi davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi 2020 yilda amalga oshirilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli, tashrif qoldirilgandi.
O‘zbekistonda joriy yilning 24 oktyabr kuni Prezident saylovi o‘tkazilishi kutilmoqda. Prezident saylovi natijalari qanday bo‘lishi ma’lum emas.