“Novza” metro bekatida poyezdlar to‘qnashib ketgani rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining Chilonzor yo‘nalishi “Novza” bekatida poyezdlar to‘qnashib ketgani haqidagi videolar tarqaldi. "Toshkent metropoliteni" davlat unitar korxonasi bunday xabarlarni rad etdi.  

“Toshkent metropolitenida bugungi kunda hech qanday poyezdlar o‘rtasida to‘qnashuv hamda nosozlik holatlari kuzatilgani yo‘q”, deyiladi DUKning rasmiy xabarida . 

Shuningdek, "Toshkent metropoliteni" ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan hamda bunga qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjudligini eslatgan.

Biroq  metropoliten ma’muriyati videoda tasvirlangan holat qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, shu oy ichida Toshkent metrosidagi poyezdlarda ikki marta texnik nosozlik kuzatilgandi. Birinchisida Chilonzor yo‘nalishining "Chinor" bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 14-sonli harakat tarkibining tormoz tizimida texnik nosozlik holati kuzatilgani oqibatida u belgilangan vaqtda harakatlana olmagan bo‘lsa, ikkinchisida Chilonzor yo‘nalishining “Milliy bog‘”-“Novza” peregoni estakasida harakatlanayotgan 29-sonli harakat tarkibida yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgani bois, texnik nosozlik holati kuzatilgan va poyezd 12 daqiqa davomida harakatlana olmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing