Novosibirskda, -25 daraja sovuqda chiqindi idishidan tirik chaqaloq topildi

Olam

image

16 fevral kuni Rossiyaning Novosibirsk viloyatida joylashgan ko‘p qavatli uy atrofidagi axlat qutisidan tirik chaqaloq topildi. Bu haqda viloyat bosh akusher-ginekologi Ram Volkov ma’lum qildi.

Shifokorning aytishicha, qanchalik sovuq bo‘lishiga qaramay go‘dak omon qolgan.  

"Avvalroq Novosibirskning Jeleznodorojniy tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining axlatxonasidan sellofan bilan o‘ralgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topilgani ma’lum bo‘lgan edi. Tez yordam guruhi chaqaloqni shifoxonaga olib bordi. Hayratlanarlisi, o‘sha payti tashqarida harorat taxminan -25 daraja edi", deydi Volkov.

Shifokor bu hodisani "baxtli tasodif" deb atagan.

"Mana omad. Ishonasizmi, bolaning qo‘riqchi farishtasi bor. Chaqaloq tanasi juda sovib ketishiga ulgurmasidan qutqarilgan. Bugungi kunda uning ahvoli barqaror. Umid qilamizki, u ijobiy dinamikani davom ettiradi va normal hayotga qaytadi. Eng muhimi bolaning atrofida unga g‘amxo‘rlik qiladigan yaxshi insonlar bo‘ladi", degan shifokor.

Abdullayev Azizbek


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

chaqaloq Novosibirsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing