“Notorius” “El kukuy”ning chaqiruviga javob qaytardi

Sport

image

Avvalroq, amerikalik Toni Fergyuson (26-6) ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregorga(22-6)  qarshi jang qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edik. Konor Makgregor Toni Fergyusonning chaqiruviga rozilik berdi.

“Bir kun kelib ikkimiz jang qilamiz va men sening hayotingni tugataman. Men allaqachon bu bahsni yutib bo‘ldim. Seni va boshqa kalamushlarni ham yer tishlatmoqchiman. Endi mening yagona maqsadim shu. PPV bo‘yicha ham menga teng keladigani yo‘q”, deydi Makgregor.

Amerikalik “El kukuy” o‘z Instagram sahifasida irlandiyalik MMA ustasiga “atalgan” provokatsion postni e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson so‘nggi marta joriy yilning 16 mayida o‘tkazilgan UFC 262 turnirida Benil Dariyushga imkoniyatni boy bergan.

Makgregor esa  joriy yilning 11 iyul kuni UFC 264 turnirida Dastin Pore bilan jan qilgan edi. Birinchi raund oxirida Konor noqulay tarzda oyog‘ini sindirib olgan, Dastin esa texnik nokaut evaziga g‘alabaga erishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Toni Fergyuson Notorius El kukuy

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing