Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
15 aprel 1897 1 daqiqa
Bugun, 15 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Xelen Sand Andresendan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Biz O‘zbekiston va Norvegiya aloqalarida hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat ko‘rmoqdamiz”, deydi Saidov.
Shuningdek, u yangi elchiga O‘zbekistondagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni ishga solishda muvaffaqiyat tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Georgiy Kocharyan Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan edi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust