Norvegiyaliklar Ukrainaga “Bayraktar” sovg‘a qilmoqchi

Olam

image

Norvegiyada Ukraina ehtiyojlari uchun Turkiyaning “Bayraktar TB2” zarba beruvchi uchuvchisiz samolyotini sotib olish uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasi uyushtirildi. 

Ukraina uchun “Bayraktar TB2” sotib olish uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha shunga o‘xshash kampaniyalar ilgari boshqa mamlakatlarda ham o‘tkazilgan, bu esa ukrainaliklarning o‘zlari hisobidan 3 ta zarba beruvchi dron sotib olishga imkon berdi. Litvada ular Turkiyada ishlab chiqarilgan bitta zarba beruvchi dron uchun pul yig‘ishdi, Polshada mablag‘ yig‘ish davom etmoqda. 

Ukraina va Litvada o‘tkazilgan kampaniyalarga javoban “Baykar Makina” kompaniyasi Ukrainaga 3 ta “Bayraktar TB2” dronlarini sovg‘a qildi va yig‘ilgan mablag‘ni Ukraina xalqining ehtiyojlariga o‘tkazdi. 

Turli mamlakatlardagi mablag‘ yig‘ish kampaniyalarining muvaffaqiyati Norvegiyada ham shunday aksiya boshlanishiga asos bo‘ldi.  

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, har bir fuqaro “Bayraktar TB2”ga kamida 10 krona berishi kerak. Aksiya doirasida 55 million kron (taxminan 5,5 million dollar) yig‘ish va ularni Ukraina elchixonasidagi yordam fondiga o‘tkazish rejalashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Bayraktar Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing