Norvegiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
Olam
−
19 fevral 2021 4172 1 daqiqa
Norvegiyada koronavirusning B.1.525. deb nomlangan yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda NRK xabar berdi.
So‘nggi sutka davomida mamlakatda yangi shtamm bilan o‘nga yaqin yangi shtamm bilan kasallanish holati qayd etildi. Norvegiya Sog‘liqni saqlash instituti departamenti direktori Layn Voldning so‘zlariga ko‘ra, hozircha aniqlangan yangi shtamm ko‘proq yuqumli ekanligini aniq aytish mumkin emas.
“Ammo shunday bo‘lishi mumkin”, degan u.
Telekanalning ta’kidlashicha, ilgari AQSH, Buyuk Britaniya va Daniyada taxminan 30 kishida ushbu mutatsiya bilan kasallanish aniqlangan.
Avvalroq, Finlyandiyadagi Vita laboratoriyasida koronavirusning yangi varianti aniqlangani xabar qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr