Norvegiya va Ispaniya Falastinni rasman davlat sifatida tan oldi
Olam
−
28 may
3396Norvegiya va Ispaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi. Qaror bugun, 28 may kuni kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirliklari xabar berdi.
Ikki kun avval Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eyde Bryusseldagi uchrashuvda Falastin milliy ma’muriyati Bosh vaziri Muhammad Mustafoga tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan edi.
"Bu e’tirof bilan biz Oslo kelishuvlari bilan boshlangan jarayonga yangi dasturni taqdim etamiz", degan Eyde.
Uning fikricha, agar boshqa davlatlar Norvegiyadan o‘rnak olsa, bu qaror Yaqin Sharqdagi mojaroni “tinch yo‘l bilan hal etish uchun katta turtki berishi” mumkin.
Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bugun, 28 may kuni o‘z mamlakati 1967 yilgi chegaralar ichida falastinlik mustaqil davlatini va uning poytaxti sifatida Sharqiy Quddusni tan olishini ma’lum qildi. Siyosatchi ushbu qarorni tarixiy deb atadi va u Madrid eng yaxshi aloqalarni saqlab qolish niyatida bo‘lgan Ispaniyaning do‘sti Isroilga qarshi yo‘naltirilmaganligini ta’kidladi.
Bugun mustaqil Falastin davlatining tan olinishiga oid bayonot irlandiyaliklardan ham kutilmoqda. Dublin bir necha kun oldin Falastinni Norvegiya va Ispaniya bilan bir vaqtda tan olish niyatini e’lon qilgan edi.
Ma’mura To‘rayeva
LiveBarchasi