Norvegiya O‘zbekistondagi islohotlarga yordam berishga tayyorligini bildirdi

Jamiyat

image

Norvegiyada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni diqqat bilan kuzatilmoqda. Norvegiya tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishiga har qanday ko‘mak berishga tayyor. O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisi Senati raisining birichni o‘rinbosari Sodiq Safoyev va Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Audun Xalvorsen o‘rtasida bugun, 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z borgan. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni, shuningdek BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etilgan. 

Qolaversa, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekistonga Norvegiya investitsiyalari kirib kelishini oshirish, yuqori texnologik qo‘shma korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va samarali savdo maydonlarini tashkil etish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etilgan. 

Ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash uchrashuvda ko‘rib chiqilgan yana bir masala bo‘lgan. Islohotlar jarayonida O‘zbekistonning qonun chiqaruvchi organi rolini kuchaytirish islohotlarning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash va takomillashtirishga, hokimiyatning qonun chiqaruvchi tarmog‘i vakolatlarini to‘liq amalga oshirishga va pirovardida mamlakatda qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. Shu munosabat bilan tomonlar hamkorlikni, axborot va g‘oyalar almashishni chuqurlashtirish yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar.  

BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z borganda, Norvegiya 1,2 mln AQSH dollari ajratib, fondning birinchi donori bo‘lganligi ta’kidlandi. Orol inqirozining atrof muhitga va mintaqada yashovchi odamlar hayoti hamda faoliyatiga ta’sirini yumshatish bo‘yicha O‘zbekiston Hukumati tomonidan ko‘rilayotgan kompleks chora-tadbirlar nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun jahon hamjamiyati uchun ulkan ahamiyat kasb etishiga urg‘u berildi. Muhokama etilgan masala bo‘yicha muloqotni davom ettirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv jarayonida xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish masalalari va xalqaro hamda mahalliy ahamiyatga molik boshqa mavzular muhokama etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sodiq Safoev O'zbekiston-Norvegiya Audun Xalvorsen

Baholaganlar

6

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing