Norvegiya Rossiya bilan chegarada devor qurishi mumkin
Olam
−
30 Sentabr
1823Norvegiya hukumati Finlyandiya misolida Rossiya bilan chegarada baland devor o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Norvegiyaning NRK media kompaniyasi xabar berdi.
“Chegara to‘sig‘i nafaqat to‘xtatuvchi vosita bo‘lishi, balki chegaraga yaqin harakatlanayotgan odamlarni aniqlay oladigan sensorlar va texnologiyani o‘z ichiga olgani bilan ham juda qiziqdir”, deyiladi xabarda.
Mamlakatning Adliya vaziri Emili Enger Melning so‘zlariga ko‘ra, bu chegaraning to‘liq yoki bir qismi uchun tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan choradir.
Enger Mel, shuningdek, agar kerak bo‘lsa, hukumat chegarani imkon qadar tezroq yopishga tayyorligini aytdi.
“Biz chegara xavfsizligini kuchaytirish uchun bir nechta chora-tadbirlarni ko‘rib chiqish ustida ishlayapmiz. Bular chegarachilar bilan ta’minlash, panjara, chegara xavfsizligi va Storskog chegara o‘tish punkti atrofidagi tirbandliklarni bartaraf etish choralari bo‘lishi mumkin”, degan vazir.
Norvegiya 2016 yilda Storskog chegara punktida 200 metrlik chegara to‘sig‘ini qurgan. O‘sha paytda ko‘pchilik buni munozarali qaror sifatida qabul qilgan edi. Keyinchalik, 2022 yil 22 sentyabrda, Ukrainadagi urush fonida Norvegiya 2007 yilda Rossiya bilan imzolangan viza shartnomasini to‘xtatdi.
NATO a’zosi Norvegiya Rossiya bilan deyarli 198 kilometr uzunlikdagi chegaraga ega. 2016 yilda ushbu chegarada devor qurishning zaruriy sharti – 2015 yildagi inqiroz edi, bu davrda Rossiyadan Norvegiyaga uchinchi mamlakatlardan 5000 muhojir kelgan. Qurilgan panjara uzunligi 200 metr, balandligi 3,5 metrni tashkil etadi.
2023 yilning oxirida Finlyandiya hukumati Rossiyadan uchinchi davlatlar bo‘ylab 1300 dan ortiq muhojir tegishli hujjatlar va vizalarsiz mamlakatga kirib kelganidan so‘ng Rossiya bilan barcha chegara o‘tkazish punktlarini vaqtincha yopib qo‘ydi. Kuzatuvchilar buni Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan bosqini fonida NATOga qo‘shilgan Finlyandiyaga qarshi gibrid hujum, deb hisobladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron harbiylari mamlakatni muhojirlarning kirib kelishidan himoya qilish uchun Afg‘oniston bilan chegarada 10 kilometrdan ortiq masofada devor qurgandi. Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi umumiy chegara 900 kilometrdan ortiq bo‘lib, qochqinlar guruhlari doimiy ravishda undan o‘tib ketadi. Afg‘onistonlik muhojirlar oqimi 2021 yil avgustida “Tolibon” Afg‘oniston hukumati tepasiga kelgandan so‘ng ortgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr