Norvegiya JCH-2026 saralashida Isroilga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi

Sport

image

Norvegiya 2026-yilgi Jahon chempionati uchun saralash doirasida Isroilga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi. Bu haqda Norvegiya futbol federatsiyasi prezidenti va sobiq futbolchi Liza Klaveness ma’lum qildi.

Klavenessga ko‘ra, Norvegiya futbol federatsiyasi Norvegiya hukumatining G‘azoda begunoh tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan hujumlarni darhol to‘xtatish talabi bilan bir pozitsiyada turadi.

“Qur’a biz uchun faqat sport jihatidan emas, balki boshqa tomondan ham qiyin. Hech birimiz G‘azodagi tinch aholiga Isroil tomonidan uzoq vaqt davomida amalga oshirilgan hujumlarga befarq qololmaydi”, dedi federatsiya prezidenti.

Klaveness shuningdek, Norvegiya xalqaro maydonda Isroilga qarshi sanksiyalar qo‘llash chaqiriqlariga faol qatnashayotganini ta’kidlagan.

“Isroil hanuz UEFA musobaqalarida qatnashmoqda. Biz bunga qarshi turishimiz kerak. Biz FIFA, UEFA va Norvegiya hukumati bilan holatni yaqindan kuzatib bormoqdamiz”, deydi u. 

Klaveness, shuningdek, o‘z mamlakatining Falastin futboliga bo‘lgan yaqinligini ta’kidlagan.

“Biz bu mintaqaga va Falastin futbol federatsiyasiga boshqa ko‘plab yevropalik federatsiyalardan ko‘ra yaqinroqmiz. Chunki, so‘nggi 10 yildan buyon bu yerda faoliyat yurityapmiz – o‘qituvchilar bolalar uchun maktablarda va qochqinlar lagerlarida futbol faoliyatini tashkil etmoqda”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Norvegiya va Isroil jamoalari 2025 yil 25 mart va 11 oktyabr kunlari Jahon chempionati saralash o‘yinlarida uchrashishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvlroq UEFA Millatlar ligasi musobaqasi doirasidagi Fransiya-Isroil jamoalari bahsida ikki mamlakat muxlislari mushtlashgan edi. O‘yin oldidan Isroil madhiyasi yangrayotganda ba’zi fransiyalik muxlislar hushtak chalib, norozilik bildirgan. Shundan so‘ng o‘yinning 20-daqiqasida mushtlashuv boshlangan va unda 50 kishi atrofida muxlis qatnashgan.  O‘yindan avval ham Parijning shimolida chap qanot siyosatchilari va faollar ham futbol o‘yiniga qarshi namoyish uyushtirgan. O‘yin xavfsizlik nuqtai nazaridan “o‘ta xavfli” darajada baholangan va kuchaytirilgan choralar ko‘rilgan. Xususan, bahsga 4000 dan ortiq politsiya xodimi va jandarmlar jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Norvegiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing