Norvegiya Germaniya va Lixtenshteyndagi vaziyatdan xavotirlana boshladi
Olam
−
27 avgust 2020 8076 1 daqiqa
Norvegiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yana yomonlashgani sababli hududga Yevropaning 2 ta davlatidan keladigan fuqarolar uchun qat’iy 10 kunlik karantin joriy qilindi. Bu haqda Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Gap Germaniya, Lixtenshteyn va Shvetsiyaning Kalmar va Vesterbotten tumanlari haqida bormoqda. 29 avgustdan boshlab, ushbu xududlardan kelgan fuqarolar karantinga olinadi.
Norvegiya sog‘liqni saqlash instituti xulosasiga ko‘ra ushbu xududlar sariq zonadan qizilga o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari qirollik ma’muriyati aholiga Avstriya, Andorra, Belgiya, Fransiya, Gretsiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Ispaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniyaga bormaslikni tavsiya qilyapti.
Ma’lumot uchun, Norvegiyada koronavirusga chalinganlar soni 10 454 tani tashkil qilmoqda. Ularning 264 nafari vafot etgan va 95 foizi sog‘aygan.
Rushanabonu Sultonova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr