Moskvada Hayit namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi
Olam
−
15 may 2020
7108Bu yil muqaddas Ramazon Hayitida o‘n minglab musulmonlar Moskva masjidlariga yig‘ilmaydi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar beradi.
Rossiya Federatsiyasi Musulmonlarning diniy boshqarmasi (MDB) matbuot xizmati kecha, 14 may kuni mintaqaviy diniy tashkilotlar joylardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, Hayit namozining o‘qilish tartibini belgilab olishadi. Unga ko‘ra, Hayit namozi cheklangan miqdordagi imomlar va Musulmonlarning diniy boshqarmasi a’zolari ishtirokida o‘tkaziladi.
Rossiyada Hayit bayrami bu yil 24 mayga to‘g‘ri keladi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yillarda Moskva masjidlariga 100 dan 200 minggacha musulmonlar kelgan.
“Biz, musulmonlar sifatida, halokatli kasallikning tarqalishini ma’qullash uchun ma’naviy va diniy huquqlarga ega emasmiz. Musulmonlar sabr-toqatli va qonunga bo‘ysunadi. Bunday vaziyatda biz butun jamiyatni umumjahon tahdidiga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga chaqiramiz“, deydi Rossiya Davlat Dumasi raisining birinchi o‘rinbosari Damir Muhiddinov muftiyat yig‘ilishida.
Avvalroq, Damir Muhiddinov karantindan oldin rossiyalik musulmonlarga murojaat bilan chiqqan edi.
LiveBarchasi