Norov Lavrov bilan telefonda gaplashdi
Olam
−
07 Oktabr 2022
4954O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi xabar bermoqda.
2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi raisligida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi yig‘ilishining yakunlari muhokama qilingan.
“Davlatlararo hamkorlikning, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya doirasidagi aloqalarning turli jihatlari yuzasidan fikr almashinildi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Rossiyaning ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni jadallashtirishga tayyorligi ta’kidlangan
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 7 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.
LiveBarchasi