Norboyeva Pushkin bilan uchrashdi. Unda XMT bilan hamkorlik muhokama qilindi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 16 oktyabr kuni Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) mintaqaviy byurosi direktori Mixail Pushkin bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.


Muloqot chog‘ida mehnat munosabatlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston XMT ko‘magi bilan BMT Bosh kotibining "Ish o‘rinlari yaratish va adolatli o‘tish uchun umumiy ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global tezlatkich" tashabbusida birinchi mamlakat sifatida e’tirof etilgani alohida qayd qilindi. Ayni paytda O‘zbekistonda mazkur mexanizmning barcha elementlari amaliyotga joriy etilmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda qabul qilingan O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan dastur, mehnat sohasidagi hamda ishlab chiqarish va texnik yo‘nalishlardagi xalqaro standartlarni mamlakat iqtisodiyotiga keng tatbiq etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, suhbat davomida munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat sohasiga xalqaro standartlarni joriy etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va XMT o‘rtasida izchil rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan maslahatlashuvlarni faollashtirishga kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston XMT hamkorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing