Norboyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva 7 may kuni BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi Konsuelo Vidal Bryus bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ekologik muammolar, jumladan, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish masalalariga e’tibor qaratilgan.

O‘zbekistonning mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalarini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlar va davlat rahbari tomonidan xalqaro maydonda ilgari surilgan tashabbuslar BMT tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlangan. Bu, o‘z navbatida, ushbu nufuzli tuzilma bilan munosabatlar izchillik kasb etayotganini anglatadi.

Konsuelo Vidal Bryus xonim O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholab, respublikaning BMT bilan hamkorligi yangi bosqichda rivojlanayotganini ta’kidlagan.

Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tizimli muloqotni davom ettirish, barqaror rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish, umuman, hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni davom ettirishga kelishib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston BMT Senati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing