Norboyeva “Arqadag‘” bilan uchrashdi

Olam

image

Kecha, 12 may kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasining Ashxobod shahriga tashrifi doirasida “Arqadag‘”, Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Arqadag‘” O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini yuqori baholagan.

Shu munosabat bilan tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan samarali parlament nazorati muhimligini ta’kidlagan.

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

“Arqadag‘” Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda yetakchi ayollar muloqotini tashkil etish tashabbusi o‘z vaqtida ekanini ta’kidlagan va O‘zbekistonning 2021 yilda undagi raisligini yuqori baholagan.

Tomonlar ikki mamlakat tomonidan yoshlar siyosatiga qaratilayotgan alohida e’tiborni inobatga olib, O‘zbekiston va Turkmaniston parlamentlarining yosh a’zolari o‘rtasida zamon talablarini hisobga olgan holda aloqalarni yo‘lga qo‘yish va faollashtirish muhimligini urg‘ulagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Gurbanguli Berdimuahmedov

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing