Norboyeva AQSH Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Toshkentga kelgan AQSH Kongressidagi "O‘zbekiston bo‘yicha kokus"ning hamraisi, kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSH Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston – Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

“Ta’kidlanganidek, oxirgi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar dinamikasida sezilarli faollik kuzatilmoqda.

Bunga albatta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosati ko‘p jihatdan turtki bo‘lmoqda”, deyiladi Senat axborot xizmati tarqatgan xabarda. 

Ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida “O‘zbekiston–AQSH” parlamentlararo guruhi hamda AQSH Kongressidagi “O‘zbekiston bo‘yicha kokus”ning sa’y-harakatlari e’tirof etilgan.

Uchrashuvda hamkorlikning parlamentlararo aloqalarini kengaytirish, shuningdek, demokratik islohotlarni amalga oshirish kabi sohalarda mustahkamlash masalasiga e’tibor qaratilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kongressmenlar kecha, 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing