Norboyeva 4 nafar yuqori martabali amaldor korrupsiya sabab javobgarlikka tortilganini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar – sentyabr oylarida davomida korrupsiya holatlari bilan bog‘liq 838 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika darajasida, 15 nafari hududiy darajada va 626 nafari shahar va tuman darajasidadir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi raisi Tanzila Norboyeva “Sputnik” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan. 

Norboyevaga “mutaxassislarning fikricha, korrupsiyani butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Biroq ba’zi ekspertlar uni nazorat qilish haqida so‘z yuritmoqda. Sizningcha, bu qanchalik to‘g‘ri yangrayapti?”, degan savol bilan murojaat qilingan. O‘z navbatida Senat raisi ushbu savolga quyidagicha javob bergan: 

“Fikrimcha, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish haqida so‘z yuritish to‘g‘ri bo‘ladi. Hech kimga sir emaski, korrupsiya paydo bo‘lishining sabablari ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu sababli ushbu yovuzlikka qarshi kurashishda bunday sabablarni o‘z vaqtida aniqlash va davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korrupsiya namoyon bo‘lishiga turtki beradigan sharoitlarni yo‘q qilish bo‘yicha kompleks ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy, shu jumladan g‘oyaviy-tarbiyaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimdir. Mamlakatda olib borilayotgan ma’muriy islohot, iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish chora-tadbirlari aynan shu vazifani hal qilishga qaratilgan. Sizga ma’lumki, keyingi yillarda davlat fuqarolik xizmatidan o‘tishning huquqiy asosini takomillashtirish yuzasidan ko‘p ishlar amalga oshirildi.

Mansabdorlar tomonidan aktivlar, daromadlar, yirik xarajatlar to‘g‘risida deklaratsiya berish, ma’muriy tartib-taomillar samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvi organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda byurokratizm va soxtakorlikka barham berish institutlarini amaliyotga joriy etish borasida yana ham ko‘proq ishlarni amalga oshirish lozim”.

Tanzila Norboyevaga ko‘ra, korrupsiya davlat hokimiyati va boshqaruvining asoslarini buzadigan, ularning aholi orasidagi obro‘siga putur yetkazadigan og‘ir jinoiy harakatlar majmui hisoblanadi. Eng asosiysi, bu jinoyatlar fuqarolarning qonuniy huquqlari hamda manfaatlariga daxl qiladi.

“Aynan shu sababli barcha huquqiy, shu jumladan, jinoyat-huquqiy ta’sir choralaridan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi olib boriladigan murosasiz kurash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Jumladan, mansabdor shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarligini kuchaytirish nuqtai nazaridan jinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish, shuningdek boshqaruv amaliyotiga muvofiqlik dasturlarini (compliance) joriy etish, huquqbuzarliklar haqida xabar beruvchilarni himoya qilish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2020 yilning 9 oyi davomida korrupsiya holatlari bilan bog‘liq 838 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika darajasida, 15 nafari hududiy darajada va 626 nafari shahar va tuman darajasidadir”, deydi Norboyev.

Agar ushbu illatga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalarga ham to‘xtalib o‘tgan. Senat raisiga ko‘ra, bugun korrupsiyaga qarshi siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha ishlarni bajarishda izchillikni, umumiylikni ta’minlash nihoyatda muhimdir. 

“Bugun davlat apparati, shu jumladan parlament jamoatchilik va bu yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan mamlakatlar xalqaro ekspertlari bilan yaqin hamkorlikda ushbu vazifalar ustida ish olib bormoqda”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

155

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made