Ertaga Bosh prokuror nomzodi qayta ko‘rib chiqiladi
Jamiyat
−
20 iyun
18532Ertaga, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Senatning 53-yalpi majlisida Bosh prokuror nomzodi qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda bugun, 20 iyun kuni Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida o‘tgan majlisda so‘z bordi.
O‘zbekistonning ayni paytdagi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2015 yildan 2019 yilga qadar Senatga raislik qilgan. 2019 yilning iyunida esa u Bosh prokuror etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Konstitutsiyaning 144-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining hamda viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.
Majlisda, shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini saylash, Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi, “Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonunlar ham muhokama qilinadi.
LiveBarchasi