Non uchun kompensatsiya davlatga 650 milliard so‘mga tushdi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2019
4994Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorga muvofiq joriy yilning 1 oktyabridan un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi 22 ming 300 so‘mdan 50 ming so‘mga oshirildi.
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, respublikada1,3 million nafardan ortiq fuqarolarga kompensatsiya to‘lovlarini to‘lanishi belgilangan edi. Bu umumiy hisobda 650 milliard so‘mga teng bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan talab qilingan mablag‘lar 2019 yil 18 oktyabr sanasida to‘liq moliyalashtirilib berildi.
Xususan, to‘lovlarni bank plastik kartalari orqali oluvchilarning hisob raqamlariga kompensatsiya mablag‘lari (oshgan miqdor farqi) to‘liq yuklandi.
Bundan tashqari, to‘lovlarni naqd pul shaklida oluvchilarga mablag‘lar Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlariga borgan holda yetkazilmoqda. Shuningdek, yotoqdagi hamda mustaqil xarakatlanishi cheklangan fuqarolarga kompensatsiya to‘lovlari bevosita ularning yashash joyiga yetkazilmoqda.
LiveBarchasi