Nomusga tegishdan tortib qotillikkacha. O‘qituvchilar sodir etgan jinoyatlar ochiqlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari o‘rtasida jinoyat sodir etish o‘tgan yildagiga nisbatan 60 foizga oshgan va ularning ikkitasi qotillik. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati tarqatgan tanqidiy tahlilda aytiladi. 

Qayd etilishicha, jinoyat nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar tomonidan ham sodir etilmoqda. 

Maktablarda ta’lim sifatining pastligi, o‘quvchilarning davomati va xulq-atvori nazorat qilinmasligi oqibatida maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 taga (2021 yil – 27 ta/2022 yil – 43 ta) yoki 60 foizga oshgan. Tahlillarga ko‘ra, jinoyatlarning 2 tasi qotillik (Qarshi shahri, Dehqonobod tumani, ya’ni o‘lim bilan yakun topgan.

Jumladan, Qarshi shahar 27-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi Qarshi shahar “Komilon” MFY Buloq ko‘chasi 35-uyda yashagan fuqaroni qasddan o‘ldirib, o‘zining jinoiy qilmishlarini yashirish maqsadida, marhumning turmush o‘rtog‘i, onasini ham bosh qismiga urgan, so‘ngra uning Nexia-3 rusumli avtomashinasini olib voqea joyidan yashiringan.

Shunga qaramay, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘quvchilari tomonidan jinoyat sodir etilgan maktablarning direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, sinf rahbarlari yoki xalq ta’limi bo‘limi mudirlarining shaxsiy mas’uliyati va javobgarligi masalasi kun tartibiga ko‘tarilmagan.

Shuningdek, o‘tgan davfr mobaynida nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar ham turli jinoyatlarni sodir etgan. 

2022 yil 5 oyida 29 nafar o‘qituvchilar tomonidan jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, jinoyat turlari quyidagicha:

•    1 ta qotillik (Shahrisabz shahar 30-maktab o‘qituvchisi);

•    2 ta o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish (Qarshi shahar 20-maktab) ;

•    2 ta yengil tan jarohati yetkazish;

•    1 ta nomusga tegish (Qamashi tumani);

•    2 ta o‘g‘rilik (Chiroqchi tumani);

•    1 ta bezorilik (Qamashi tumani).

“Vijdoni bor rahbarlar korrupsiyaga qarshi kurash olib borayotgan bir paytda viloyat XTB tizimida ishlovchi rahbar va mansabdor shaxslar tomonidan korrupsiya, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etish holatlari soni ham oshib borayotgani ham ko‘pchilikni, ayniqsa, ota-onalarni ham tashvishga solmay qo‘ymaydi. Kasalini yashirsak, isitmasi oshkor qilaveradi.

Xususan, Koson tumani XTB mudiri S.D, Qarshi shahar XTB metodisti Q.D.ga nisbatan faol tadbir o‘tkazilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan”, deyiladi viloyat hokimligi Axborot xizmati tarqatgan xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

365

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing