Nokautga uchragan Uaylder yarim yilga boksdan chetlatildi

Sport

image

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida WVC chempionlik kamari uchun o‘tkazilgan jangda qo‘lini sindirib olgan Deontey Uaylder diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda “Independent” nashri xabar berdi.

Gap shundaki, 36 yoshli Deontey Uaylder Tayson Fyurining kuchli zarbasidan so‘ng, nokaut holatiga tushgan va bahs davomida qo‘lini sindirib olgan. U jang yakuniga yetgach, shifoxonaga olib ketilgan va shifokorlar xulosasiga ko‘ra olti oy davomida ringga ko‘tarila olmaydi. Ashaddiy raqibi ustidan g‘alaba qozongan “Lo‘lilar qiroli” esa 45 kunlik “ta’til”ga chiqdi. Bunga qadar bokschilar ikki bor o‘zaro to‘qnash kelgan. Ilk jangda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, ikkinchi qarama-qarshilikda Tayson raqibini nokautga uchratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri faoliyati davomida 32 ta jang o‘tkazib, ularning 31 tasida g‘alaba qozongan, shuningdek, bitta durang natija qayd etgan. Deontey Uaylder esa 45 ta bahsda ringga ko‘tarilgan va uning hisobida 42 g‘alaba, bitta durang va 2 mag‘lubiyat mavjud. E’tiborli tomoni shundaki, “bronza bombardimonchi” faoliyatidagi barcha g‘alabalariga Fyuri bilan ringga ko‘tarilguniga qadar erishgan.

Ma’lumot uchun, Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi trilogiya joriy yilning 10 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks WBC Prof boks F'yuri Uaylder

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing