Toshkentda tuman tufayli qator reyslar kechiktirildi

Jamiyat

image

Toshkentda noqulay ob-havo samolyotlarning parvozi jadvaliga ta’sir qilyapti. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milily aviakompaniyasi ma’lum qildi.

“Hurmatli yo‘lovchilar va kutib oluvchilar! Noqulay ob havo (tuman, ko‘rish darajasining pastligi) sababli aeroportga kechikib keladi”, deyiladi xabarda.

Xususan, HY-202 London-Toshkent reysi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘nolmay, Navoiy shahridagi qo‘shimcha aeroportga yo‘naldi.

Shuningdek, noqulay ob-havo tufayli Toshkent-Dehli yo‘nalishidagi HY-423 reysining uchish vaqti hozircha 11:30 ga ko‘chirilgan. 

Toshkent-Bangkok kyo‘nalishidagi HY-533 reysi noma’lum muddatga ko‘chirilgan. Qarshi-Moskva yo‘nalishidagi HY-623 reysi ham uchish uchun vaziyat yaxshilanishini kutyapti.

Bulardan tashqari, Toshkent-Qarshi, Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi reyslar ham ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutyapti.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot tuman parvoz

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing