Noqonuniy migrantlar Polshaga bostirib kirgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
10 noyabr 2021
5412Polsha-Belarus chegarasida ikkita katta muhojirlar guruhi to‘siqni vayron qilib, Polsha hududiga kirib borishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Polsha radiosi chegarachilarga tayanib xabar bergan.
Polsha chegarani qo‘riqlash xizmatining Podlyaska bo‘limi Matbuot kotibi Katajina Zdanovichning so‘zlariga ko‘ra, hujum Byaloveja va Krinka hududlarida amalga oshirilgan. Noqonuniy muhojirlarning bir qismi Belarus tomoniga qaytarilgan, qolganlari qidirilmoqda.
Ayni paytda yuzlab muhojirlar lageri joylashgan Kuznitsa chegara punkti yaqinida vaziyat tinch.
“Bugun muhojirlar belaruslardan oziq-ovqat oldi. Xorijliklarning chodirlari bor, kechqurun esa isinish uchun o‘t yoqishadi. Ular doimiy ravishda Belarus xizmatlari tomonidan nazorat qilinadi”, deyilgan xabarda.
Polsha chegara xizmatining xabar berishicha, 8 noyabrdan boshlab Polsha chegarasiga bevosita yaqin joyda ikki mingdan to‘rt minggacha odam Yevropa Ittifoqi hududiga kirishga harakat qilmoqda.
Avvalroq, Polsha Prezidenti Anjey Duda migrantlarning Polsha chegarasiga hujumini Minsk uyushtirgan degan fikrni aytgandi.
LiveBarchasi