Noqonuniy hamma narsa yo‘q qilinishi kerak – Podolyak Qrim ko‘prigidagi portlash haqida
Olam
−
08 Oktabr 2022
12619Xabaringiz bor, bugun, 8 oktyabr Rossiyani Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida portlash yuz berdi va poyezd vagonidagi sisternalar yonib ketdi. Shuningdek, ko‘prik qisman quladi.
Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Qrim ko‘prigidagi portlashga munosabat bildirib, bu barcha noqonuniy qurilmalarni yo‘q qilishning boshlanishi ekanini ta’kidladi. U portlashga munosabatini Twitter’da e’lon qilgan.
Prezident devoni rahbari maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadan o‘g‘irlagan barcha narsalarni qaytarish kerak.
“Qrim, ko‘prik boshlanishi. Noqonuniy hamma narsa yo‘q qilinishi kerak, o‘g‘irlangan hamma narsa Ukrainaga qaytarilishi kerak, Rossiya tomonidan bosib olingan hamma narsa quvib yuborilishi kerak”, deb yozgan Podolyak.
Anneksiya qilingan Qrimning okkupatsion hokimiyati vakili, mintaqaviy parlament rahbari Vladimir Konstantinov Qrim ko‘prigining yo‘l qoplamasini Ukraina “vandallari” vayron qilganini aytib chiqdi.
Rossiya tomoni ko‘prikda yuk mashinasi portlatilganini aytmoqda. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Ko‘prikda harakat to‘xtatilgan. Ammo Kerch bo‘g‘ozida kemalar harakati davom ettirilmoqda.