“Noinsof tadbirkorlik yo‘li”. “Yuksalish” nohaq undirilgan jarimalar bo‘yicha IIVga taklif berdi

Jamiyat

image

“Yuksalish” umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘rnatilgan yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi kameralardagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga bir qancha takliflar berdi. Unga ko‘ra, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu bo‘yicha tegishli chora ko‘rishi kerak.

Bekmurodovning aytishicha, mazkur tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan barcha sub’ektlarning so‘nggi haftalardagi qaydnomalarini taftish qilish va huquqiy baho berish choralarini ko‘rish lozim. Taftish natijasida “noinsof tadbirkorlik yo‘li” bilan undirilgan jarimalar aniqlansa, ularni bekor qilish va haydovchilarga to‘lovlarni tadbirkorlar hisobidan qaytarish kerak.

“Tadbirkorlik sub’ektlarining nazorat-kameralari orqali qayd qilinayotgan jarimalarni nazorat tartibida doimiy tekshirish amaliyotini joriy qilish, fuqarolarni adolatsiz jarimalar ustidan shikoyat qilishdagi ovoragarchilikdan asrash maqsadida, qaydnomalarga onlayn shikoyat berish imkoniyatini yaratish shart”, deydi Bobur Bekmurodov.

Shuningdek, harakat rahbarining fikricha, bu boradagi faoliyat yuzasidan jamoatchilikka muntazam ravishda axborot berib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

“O‘z o‘rnida, piyodalar va yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, fuqarolarimizni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘raymiz”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik Yuksalish qoidabuzarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing