Dunyo qarzi 188 trln dollarga yetdi!
Olam
−
08 noyabr 2019
6626Dunyo qarzining miqdori – davlat va xususiy – 188 trln dollarlik rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu dunyo yalpi ichki mahsulotining 230 foizini tashkil qiladi, dedi Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori Kristalina Georgiyeva Vashingtondagi Jak Polak nomidagi XX konferensiyada.
“Dunyo qarzi 188 trln dollarlik rekord ko‘rsatkichga yetdi va butundunyo YAIMning 230 foiziga teng bo‘ldi. Qarzning ko‘payishi asosan xususiy sektor hisobiga yuz berdi. Hozirda umumiy qarzning uchdan ikki qismi ham xususiy sektorga tegishli”, dedi Georgiyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning davlat qarzi ko‘rsatkichi Ikkinchi Jahon urushi davridan beri ko‘tarilmagan darajaga yetgan.
“Rivojlanayotgan davlatlarning qarzi 1980 yillardagi uzoq davom etgan inqiroz davridagi darajaga teng bo‘lib turtibdi. Kam daromadli mamlakatlarda so‘nggi 5 yilda qarzning keskin ko‘payishi yuz berdi”, dedi jamg‘arma rahbari.
Georgiyeva yuzaga kelgan vaziyatga yechim topish zararuligini ta’kidladi. Negaki qarzning ko‘pligi global iqtisodiyot va moliyaviy barqarorlikka xavf tug‘diradi.
LiveBarchasi